«Bilim — chegara bilmaydi»

Qarshi xalqaro universiteti — zamonaviy ta'lim, ilmiy izlanish va xalqaro hamkorlik markazidir. Biz har bir talabani kelajak mutaxassisi sifatida tayyorlaymiz — bilim, ko'nikma va ishonch bilan.

7021

TALABALAR

151

O‘QITUVCHILAR

8

MUKOFOTLAR

16

TO'GARAKLAR

2

Milliard so'mlik GRANT o'rinlari

Litsenziyalar

Guvohnoma QR
Litsenziya QR
Litsenziya 2 QR

YO'NALISHLARIMIZ

Universitetimiz xabarlari

KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY

Qizlarimizni ham toʻkis baxtli boʻlishga haqqi bor…
Afsuski, baʼzan notoʻgʻri tanlov, imkoniyat yetishmasligi yoki qoʻllab-quvvatlov bo‘lmagani sabab ko‘plab qizlar o‘z salohiyatini namoyon qila olmay qolmoqda. Qarshi xalqaro universitetida esa qizlar uchun nafaqat sifatli ta’lim, balki o‘ziga ishonch, zamonaviy kasb, soft skills va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratiladi. ☑️ Chunki qiz bolani o‘qitish — bu bir inson emas, butun jamiyat kelajagiga investitsiya qilishdir.
Milliy Fashion Show — 2026 yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalar bilan bo‘lib o‘tdi!
Milliylik va zamonaviy uslub uyg‘unlashgan ushbu shou talabalar, mehmonlar va moda ixlosmandlarini bir sahnada jamladi. Atlas va adras jilosidan tortib kreativ podium chiqishlarigacha — har bir obrazda o‘zbekona ruh va zamonaviy nigoh aks etdi. Tadbir davomida milliy liboslar namoyishi, yorqin chiqishlar, kreativ obrazlar hamda ko‘tarinki atmosfera barchaga o‘zgacha taassurot ulashdi. KIU sahnasida moda, san’at va […]
Bugun Qarshi xalqaro universitetida “Talaba Fest” festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar”, “Eng mazali taomlar” koʻrgazmalari, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, shoir, yozuvchi va ijodkorlar bilan mushoiralar, karaoke, robototexnika koʻrgazmalari, “Talabalar teatr studiyalari” kompozitsion chiqishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shou chiqishlari, “Zakovat” va “Munozara” oʻyinlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari ishtirokida harbiy chiqishlar hamda “Shashlik day” musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yoshlar bilan ochiq muloqot va kiberxavfsizlik yo‘lida muhim hamkorlik
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Qarshi xalqaro universitetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunar va axborot texnologiyalarini chuqur egallashning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi masalalariga alohida […]
Ogohlik har birimizning burchimiz!
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori Ubaydulla Po‘latov, inspektor leytenant Otabek Karimov hamda universitet rektori maslahatchisi Sodiq Xudayarov ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, birinchi yordam ko‘rsatish hamda yoz mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha […]
Samarqandga sayohat
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi FI-49-24-guruh talabalari guruh rahbari J. Karamov boshchiligida “Vatan bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar. Talabalar Imom Al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi va Hazrati Xizr masjidini ziyorat qilib, yurtimizning boy tarixi va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. 🔖 Mazkur sayohat yoshlarning Vatanga […]
Milliylik — bu bizning ildizimiz…
U nafaqat libosimizda yoki an’analarimizda, balki yuragimizdagi g‘ururda, tilimizdagi iliq va shirin so‘zlarda, bir-birimizga bo‘lgan mehr, hurmat va yaxshilikda namoyon bo‘ladi. Milliylik — bu xalqning ma’naviy boyligi, uning tarixi, madaniyati va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlaridir. Bugun bizning vazifamiz — o‘z milliy ildizlarimizni unutmasdan, ularni zamonaviy hayotda ham asrab-avaylashdir. Zamonaviy bo‘lish — bu o‘zligini yo‘qotish degani […]
Vatan boʻylab sayohat
FI-48-24-guruh talabalari guruh rahbari J. Karamov boshchiligida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Kitob tumanidagi Hazrati Sulton Said Ahmad Bashir ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. 📌Sayohat davomida talabalar tarixiy va ma’naviy maskan haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatlari yanada oshdi.
“Mutolaa” marafoni — final bosqichi
15-mayda boʻlib oʻtadigan “Mutolaa” marafonining final bosqichiga eng munosib ishtirokchilar saralab olindi!Kitobxonlik, tafakkur va izlanish yo‘lida faol qatnashgan talabalar navbatdagi muhim bosqich — finalga yo‘l oldi. Bu natijalar yoshlar orasida mutolaa madaniyati yuksalayotganining yana bir isbotidir. ❕Final shartlari: 🔣1-shartXayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” asari yuzasidan taqdimot tayyorlash — 5 daqiqa.Maksimal: 30 ball. 🔣2-shartBlits savol-javob. O‘qilgan asarlar […]
2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining saralash bosqichi boshlandi
Tanlovda 2-bosqichni tamomlayotgan, yuqori akademik natijalarga ega, ilmiy va ijtimoiy faol talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Baholash mezonlari:• reyting natijalari• ilmiy maqola va tezislar• tanlov, konferensiya va olimpiadalardagi ishtirok• jamoat faolligi ✉️  Hujjat topshirish uchun shu profilga!⏳ Muddat: 16-maygacha 🔸 Prezident stipendiyasi uchun 3 yoki 4 bahosi mavjud talabalar qatnasha olmaydi. 🔸 Nomli davlat stipendiyalarida esa […]
“Zakovat” intellektual o‘yinidan fotolavhalar
Boʻlib oʻtgan bilimlar bellashuvida Qarshi xalqaro universiteti, Qarshi davlat texnika universiteti hamda viloyat bojxona kursantlari faol ishtirok etdilar. ⚡️ Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar tadbirga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Barcha ishtirokchilarga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Talaba kitobxon — Final bosqichi!
Bilim, tafakkur va kitobxonlik birlashadigan final bosqichiga marhamat! 🗓 22-may📍 2-bino📒 Murod Muhammad Doʻstning «Galatepaga qaytish»asari asosida bo‘lib o‘tadi. ✅ Ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashadilar: 🔹 1-SHARTAsar yuzasidan taqdimot5 daqiqa, maksimal — 30 ball 🔹 2-SHARTParcha orqali asarni aniqlash10 soniya, 25 ballAsarni sharhlash:— muallif— g‘oya— qahramonlar— syujet— kompozitsion qurilish— asarning ahamiyati30 soniya tayyorgarlik, 2 daqiqa […]
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining nufuzli taqdimoti bo‘lib o‘tdi!
Taqdimot davomida spikerlar tomonidan strategiyaning asosiy maqsadlari — yoshlar bandligini ta’minlash, zamonaviy ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish, ijtimoiy faollikni oshirish hamda yoshlar salomatligini mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 📌Quvonarlisi, ushbu nufuzli tadbirda KIU talabalari ham faol ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Kelajak […]
KIUda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
Bizda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar universitet muhiti bilan yaqindan tanishib, zamonaviy auditoriyalar, o‘quv jarayoni va mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. 😄 Shuningdek, ular ustozlar va talabalar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kun ko‘plab yoshlar uchun kelajakdagi kasb […]
“Millatim faxrim” jamoasi Buxoroda universitet sha’nini munosib himoya qildi!
Iqtidor, milliy qadriyat va jamoaviy birdamlikni o‘zida mujassam etgan “Millatim faxrim” jamoasi Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda faol ishtirok etdi. Jamoa a’zolari sahnadagi chiqishlari orqali nafaqat o‘z mahoratini namoyish etdilar, balki milliy madaniyatimiz va an’analarimizni ham keng targ‘ib qildilar. ❄ “Millatim faxrim” jamoasining har bir qadami — milliy ruh va yoshlar salohiyatining yorqin namunasidir.
Zakovat final bosqichi yuqori kayfiyat va kuchli bellashuvlar ostida yakunlandi
“Zakovat” intellektual o‘yini final bosqichi haqiqiy bilim va tafakkur maydoniga aylandi. Finalda ishtirok etgan jamoalar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turishdi. Qiziqarli savollar, keskin bahslar va hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan ushbu final yakunida eng kuchli jamoalar munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda taqdirlandilar.
KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY
Xalqaro aloqalar

XALQARO HAMKORLIK

AKADEMIK ALMASHINUV
5+ hamkor
Moscow
KIU-turiba
KIU-turiba
italia
india1
ICAFAI
1 / 5

BIZDAGI AFZALLIKLAR

✅ GRAND ASOSIDA O'QISH IMKONIYATI

✅ GRAND ASOSIDA O'QISH IMKONIYATI

✅ REKTOR VA TA'SISCHILAR STIPENDIYASI

✅ REKTOR VA TA'SISCHILAR STIPENDIYASI

✅ ZAMONAVIY KAMPUS

✅ ZAMONAVIY KAMPUS

✅ BEPUL AVTOBUS

✅ BEPUL AVTOBUS

✅ SOFT SKILLS TO'GARAKLARI

✅ SOFT SKILLS TO'GARAKLARI

✅ YOTOQXONA

✅ YOTOQXONA

✅ CREATIVE JAMOA

✅ CREATIVE JAMOA

✅ XORIJIY OTMLAR BILAN AKADEMIK ALMASHINUV

✅ XORIJIY OTMLAR BILAN AKADEMIK ALMASHINUV

✅ XORIJDA 6 OYLIK AMALIYOT

✅ XORIJDA 6 OYLIK AMALIYOT

KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY

BIZNING O'QITUVCHILAR

PROFESSOR-O'QITUVCHILAR
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
1994-yil 17-yanvarda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2010–2013-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 1-akademik litseyida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning "Adabiyotshunoslik nazariyasi" yo‘nalishi magistratura bosqichini tamomlagan. Ta'limdagi tajribasi -7 yil
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
1994-yil 1-iyunda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2011–2014-yillarda Chirchiq tibbiyot kollejida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning Adabiyotshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Ta'limdagi tajribasi - 7 yil
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
O‘rta maktabni tamomlagach, 2013–2016-yillarda Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2021–2023-yillarda mazkur universitetning Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. 2023–2024-yillarda Qarshi xalqaro universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yildan hozirga qadar Qarshi xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida pedagogik faoliyat olib boradi.
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Interested in personal development classes and collecting books. His motto in life is “I will not stop ACTION until the person I envy becomes my rival.” During his scientific career, he is an independent researcher at Karshi State University and the author of scientific articles and 2 electronic training manuals in more than 20 international and local journals.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta  o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.  Kitob o‘qish va til o‘rganishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
G.Z.Yakubova xalqaro jurnallarda chop etilgan bir necha maqolalar muallifi. 2023-yildan boshlab Qarshi Xalqaro Universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Rus adabiyotiga oid kitoblar o’qishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatda til savodxonligini yuksaltirish orqali O’zbekiston rivojiga qo’shish.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi
Eng sevimli mashg`ulotlari til o`rganish, o`z sohasiga oid bo`lgan kitoblar o`qish va qiziqarli filmlar tomosha qilish. Hayotdagi maqsadi  “O`qitish ikki barobar o`qish demakdir” iborasiga amal qilgan holda  talabalarga bilim berish va shu  orqali sohaga oid  bilimini yanada chuqurlashtirish. Eng oliy maqsadi Maktabgacha ta`lim sohasini yurtimizdagi yetakchi sohalardan biriga aylanishiga o`z hissasini qo`shish va Maktabgacha ta`lim sohasi bo`yicha fan doktori darajasiga erishish.
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
M.Xolyorov mehnat faoliyatini 2020-yilda Toshkent viloyati Toshkent  tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2015-2019 yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti    univеrsitеtining O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2019-2021 yillari  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti    univеrsitеtining Filologiya  fakulteti “Adabiyotshunoslik” magistratura mutaxassisliklarini tugatgan. 2021-2022-yillar davomida […]
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Yaxshiboyeva Sitora Toshpulatovna faoliyatini 2013-2017 yillari Qarshi davlat univеrsitеtining Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (bakalavr) yo‘nalishini, 2017-2021 yillari Qarshi shahar 41-Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab o‘qituvchisi. 2021-2023 yillari Shahrisabz davlat pedagogika institutining Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (magistratura) mutaxassisliklarini tugatgan. 2023-yil 03-sentabrdan buyon Qarshi xalqaro universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida dars berib kelmoqda. S.T.Yaxshiboyeva 15 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr, 1 ta darslik, 2 ta elektron darslik va 2 ta uslubiy qo‘llanmalar muаllifi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
S.M. Jo‘rayev O‘zbekiston xalqaro tijorat arbitraji sudyasi va Qashqadaryo viloyatida professional mediator-yurist (nizolarni tinch yo‘l bilan hal qiluvchi yurist) sifatida ham faoliyat olib bormoqda. Ilmiy faoliyati yo‘lida Toshkent davlat yuridik universitetida mustaqil tadqiqotchi hamda 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy mаqоlаlаr va 5 dan ortiq elektron o‘quv qo‘llanma muаllifi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
A.A.Normurodova 10 ga yaqin ilmiy mаqоlаlаr va 2 ta elektron darslik muаllifi. Hozirgi kunda 2023-yildan Qarshi xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob mutolaa qilishga,sport mashg’ulotlariga qatnashishga va til o‘rganishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasining yetuk vakili bo‘lib talabalarga mukammal bilim berish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Oromov Quvvatbek 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda tarix sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. 2023-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.  Kitob o‘qish va til o‘rganishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi kelajakda tajribali kadrlar tayyorlar orqali jamiyat rivojiga hissa qo’shish.
"Aniq fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi
“AKSIOMA IT Education” o‘quv markazi asoschisi hamda Qarshi xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasi vb. dotsenti
"Aniq fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi
G.M.Mardonova 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda iqtisod sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. 2023-yildan buyon Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.  Kitob o‘qish va hisob ishlarini yuritishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatga foydasi tegadigan ziyoli olima bo‘lish va ta’lim hamda iqtisod sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shish.
Iqtisodiyot va muhandislik
J.F.G‘afforov bir qancha ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda  08.00.06-“Ekonometrika va Statistika” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. Kitob o‘qish, va til o‘rganish va sayohat qilishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Iqtisodiyot va muhandislik
M.M. Rustamov 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. 2023-yildan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranturada  ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Kitob o‘qish va sayohatlar   qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Iqtisodiyot va muhandislik
Tog’ayeva Gulixon Zafar qizi 2016-2020 yillarda Qarshi Davlat Universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasiga, 2020-2022 yillarda “Inson resurslarini boshqarish” yo’nalishi magistr darajasiga ega bo’ldi. 2021-yildan Qarshi tumani 5-umumiy maktabda o’qituvchi lavozimida ishlagan.
"Aniq fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi
Qarshi Xalqaro Universiteti Aniq fanlar kafedrasida fizika fanidan talabalarga bilim berib kelmoqda. “Nanoparticles from artichoke extract obtaining and their properties” ilmiy ishi mavzusida ko‘plabxorijiy va mahalliy konferensiyalarda, jurnallarda maqolalari, tezislari chop etililib kelinmoqda. Chet tillarini o‘rganish, kitob o‘qish va sayohatlar qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi doimo oldinga intilish, o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
K.M.Maxsudjonov mehnat faoliyatini 2021-yilda Qarshi shahridagi 10- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2021-yillari Qarshi davlat universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2021-2023-yillari Shahrisabz davlat pedagogika universitetining “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” magistratura mutaxasisliklarini tugatgan.
"Aniq fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi
N.Sh.Xidoyatova mehnat faoliyatini 2013-yilda Qarshi bank kollejida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2003-2007 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2018-2020 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining magistratura “Menejment” mutaxassisliklarini tugatgan. 2013-2020-yillar davomida Qarshi bank kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
"Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi o‘qituvchilari
Sh.U.Jabborov mehnat faoliyatimni 2018-yilda xitoy xalq respublikasi xuzhou shaxri xuzhou o’rta ta’lim maktabida assestent o’qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2020 yillari Xitoy xalq respublikasidagi Xuzhou industrial technology institution ning Komputer texnologiyalari yo’nalishi bakalavr darajasini, 2020-2022 yillari Jiangsu normal universitetinining Xalqaro xitoy tili yo’nalishi bakalavr darajasini, 2022-h.v Jiangsu Normal Universiteti magsteranti.
KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY

TALABALAR HAYOTI

TALABALIK OLTIN DAVRIM
Talabalar o‘rtasida “Brain Ring” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Universitetda tashkil etilgan ushbu bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Musobaqa jarayonida ishtirokchilar faol qatnashib, yuqori intellektual salohiyat hamda jamoaviy hamkorlik namunalarini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, keskin bahslar va bilimga boy muhit tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Zakovat — 3-tur!
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yini davom etadi. Navbatdagi bosqichda ishtirokchilarni yanada qiziqarli savollar va keskin bahslar kutmoqda. Aql, tezkorlik va jamoaviylik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Eng kuchlilar aniqlanadi! Murojaat uchun shu profilga! (https://t.me/Oqila_1) 🗓 29-aprel⏰ 16:00📍 2-bino
“Rektor kubogi” uchun Zakovat intellektual o‘yini final bosqichi!
Bilim, mantiq va tezkor fikrlash maydoni yana eng kuchlilarni birlashtiradi! “Rektor kubogi” doirasida Zakovat intellektual o‘yini 2-mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Finalda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar bosh sovrin uchun bahs olib boradi. 🗓 30-aprel🕓 16:00📍 2-bino Barcha bilimdonlar va muxlislarni ushbu nufuzli final bahsiga taklif qilamiz! Savollar boʻyicha shu profilga! (https://t.me/Kuzyaaaaa0105)
“Rektor kubogi” doirasida basketbol musobaqasi!
Sport, shijoat va g‘alaba ruhi bir maydonda jam bo‘ladi!  28-aprel kuni “Rektor kubogi” doirasida basketbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada talabalar o‘z jamoaviy hamjihatligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etadilar. Qizg‘in bahslar va murosasiz bellashuvlar sport ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarni taqdim etadi. 📅  28.04.2026🕝  14:30📍 2-bino Barcha talabalar va sport muxlislarini musobaqani qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz! Savollar boʻyicha […]
“Rektor kubogi” uchun Zakovat intellektual o‘yini – 9-tur!
🚀 Talaba-yoshlarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va tezkor tafakkurini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining 9-turi tashkil etilmoqda. 🗓️ 16-aprel⏰ 16:00📍 2-bino Barchani ushbu qiziqarli intellektual bellashuvda ishtirok etishga va jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi!
Talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida voleybol sport musobaqasi tashkil etilmoqda. 🗓️ 14-aprel, 2026-yil⏰ 14:30📍  2-bino ⤵️ Musobaqada jamoalar o‘zaro bellashib, epchillik, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etadilar. Qoʻshimcha savollar uchun shu profilga! (https://t.me/ASLIDDIN_MAXMANOV)
“Amir Temur oyligi” doirasida mini futbol musobaqasi!
Talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida mini futbol musobaqasi tashkil etilmoqda. 🏆 G‘olib jamoa uchun: 1 000.000 so‘m pul mukofoti!🗓 15-aprel⏰ 17:00 Musobaqada jamoalar o‘zaro bellashib, epchillik, tezkorlik va haqiqiy sport ruhini namoyon etadilar. Savollar boʻyicha yozing! (https://t.me/bekzod_606)
«KIU»da sport va haqiqiy raqobat nafasi!
🏀 “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan basketbol musobaqasi yuqori kayfiyat va kuchli bellashuvlar ostida bo‘lib o‘tdi! Maydonda jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turdi. Har bir uchrashuv haqiqiy sport ruhi, keskin kurash va hayajonga boy lahzalarga to‘la bo‘ldi.
«KIU»da katta start!
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga rasman start berdik! Endi esa bilim, iqtidor va raqobat maydoni ochildi. Har bir ishtirokchi o‘z salohiyatini namoyon etish, yangi marralarni zabt etish va haqiqiy g‘alaba sari qadam tashlash imkoniyatiga ega. 🎯 Bu olimpiada — faqatgina musobaqa emas, bu — o‘z ustingizda ishlash, rivojlanish va kelajak sari dadil yurish uchun katta imkoniyat!
Navbatdagi Zakovat!
🌟“Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi murakkab savollarga jamoaviy tarzda javob berib, haqiqiy intellektual muhitni namoyon etdilar. Qizg‘in bahslar, kuchli raqobat va sog‘lom muhit tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
“Rektor kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
Bellashuv davomida jamoalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Har bir savol ishtirokchilardan chuqur mushohada va jamoaviy hamkorlikni talab qildi. Intellektual muhitga boy bo‘lgan ushbu tadbir talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratdi.
“Yurtim bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida tashrif
😉 Ushbu dastur asosida talabalarimiz uchun Kasbiy ko‘nikmalar markaziga sayohat tashkil etildi. ✅ Tashrif davomida talabalar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonlari haqida ma’lumot olishdi. Shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganish jarayonlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.Bu kabi tashriflar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, kelajak kasbini tanlashda foydali tajriba bo‘lib xizmat qiladi.
KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY

QARSHI XALQARO UNIVERSITETI RAHBARIYATI

Uzbekistan
RAHBARIYAT

Panjiyev Ulug’bek Rustamovich

Qarshi Xalqaro Universiteti Rektori

Norinov Faxriyor Kurbonovich

Qarshi Xalqaro Universiteti Prorektori

Raxmanov Uchqun Toshpo’latovich

Qarshi Xalqaro Universiteti Moliyaviy direktori

Yakubov Axtam Nusratilloyevich

Qarshi Xalqaro Universiteti Boshqaruv kengash raisi

KARSHI INTERNATIONAL UNIVERSITY

UNIVERSITET HAQIDA

ZAMONAVIY KAMPUSLAR

YANGI O'QUV KAMPUSI

YANGI O'QUV KAMPUSI

ASOSIY O'QUV KAMPUSI

ASOSIY O'QUV KAMPUSI