Barcha kafedradagi o'qituvchilar
J.F.G‘afforov bir qancha ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda 08.00.06-“Ekonometrika va Statistika” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. Kitob o‘qish, va til o‘rganish va sayohat qilishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Sh.U.Jabborov mehnat faoliyatimni 2018-yilda xitoy xalq respublikasi xuzhou shaxri xuzhou o’rta ta’lim maktabida assestent o’qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2020 yillari Xitoy xalq respublikasidagi Xuzhou industrial technology institution ning Komputer texnologiyalari yo’nalishi bakalavr darajasini, 2020-2022 yillari Jiangsu normal universitetinining Xalqaro xitoy tili yo’nalishi bakalavr darajasini, 2022-h.v Jiangsu Normal Universiteti magsteranti.
S.M. Jo‘rayev O‘zbekiston xalqaro tijorat arbitraji sudyasi va Qashqadaryo viloyatida professional mediator-yurist (nizolarni tinch yo‘l bilan hal qiluvchi yurist) sifatida ham faoliyat olib bormoqda. Ilmiy faoliyati yo‘lida Toshkent davlat yuridik universitetida mustaqil tadqiqotchi hamda 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy mаqоlаlаr va 5 dan ortiq elektron o‘quv qo‘llanma muаllifi.
1994-yil 1-iyunda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2011–2014-yillarda Chirchiq tibbiyot kollejida tahsil olgan.
2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning Adabiyotshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Ta’limdagi tajribasi – 7 yil
2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob o‘qish va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
G.M.Mardonova 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda iqtisod sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda.
2023-yildan buyon Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob o‘qish va hisob ishlarini yuritishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatga foydasi tegadigan ziyoli olima bo‘lish va ta’lim hamda iqtisod sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shish.
K.M.Maxsudjonov mehnat faoliyatini 2021-yilda Qarshi shahridagi 10- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2021-yillari Qarshi davlat universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2021-2023-yillari Shahrisabz davlat pedagogika universitetining “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” magistratura mutaxasisliklarini tugatgan.
“AKSIOMA IT Education” o‘quv markazi asoschisi hamda
Qarshi xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasi vb. dotsenti
A.A.Normurodova 10 ga yaqin ilmiy mаqоlаlаr va 2 ta elektron darslik muаllifi. Hozirgi kunda 2023-yildan Qarshi xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob mutolaa qilishga,sport mashg’ulotlariga qatnashishga va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasining yetuk vakili bo‘lib talabalarga mukammal bilim berish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Oromov Quvvatbek 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda tarix sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. 2023-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob o‘qish va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi kelajakda tajribali kadrlar tayyorlar orqali jamiyat rivojiga hissa qo’shish.
O‘rta maktabni tamomlagach, 2013–2016-yillarda Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida tahsil olgan.
2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.
2021–2023-yillarda mazkur universitetning Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.
2023–2024-yillarda Qarshi xalqaro universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yildan hozirga qadar Qarshi xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida pedagogik faoliyat olib boradi.
1994-yil 17-yanvarda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2010–2013-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 1-akademik litseyida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning «Adabiyotshunoslik nazariyasi» yo‘nalishi magistratura bosqichini tamomlagan.
Ta’limdagi tajribasi -7 yil
M.M. Rustamov 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. 2023-yildan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranturada ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Kitob o‘qish va sayohatlar qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Eng sevimli mashg`ulotlari til o`rganish, o`z sohasiga oid bo`lgan kitoblar o`qish va qiziqarli filmlar tomosha qilish. Hayotdagi maqsadi “O`qitish ikki barobar o`qish demakdir” iborasiga amal qilgan holda talabalarga bilim berish va shu orqali sohaga oid bilimini yanada chuqurlashtirish. Eng oliy maqsadi Maktabgacha ta`lim sohasini yurtimizdagi yetakchi sohalardan biriga aylanishiga o`z hissasini qo`shish va Maktabgacha ta`lim sohasi bo`yicha fan doktori darajasiga erishish.
Interested in personal development classes and collecting books. His motto in life is “I will not stop ACTION until the person I envy becomes my rival.” During his scientific career, he is an independent researcher at Karshi State University and the author of scientific articles and 2 electronic training manuals in more than 20 international and local journals.
Qarshi Xalqaro Universiteti Aniq fanlar kafedrasida fizika fanidan talabalarga bilim berib kelmoqda. “Nanoparticles from artichoke extract obtaining and their properties” ilmiy ishi mavzusida ko‘plabxorijiy va mahalliy konferensiyalarda, jurnallarda maqolalari, tezislari chop etililib kelinmoqda. Chet tillarini o‘rganish, kitob o‘qish va sayohatlar qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi doimo oldinga intilish, o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
Tog’ayeva Gulixon Zafar qizi 2016-2020 yillarda Qarshi Davlat Universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasiga, 2020-2022 yillarda “Inson resurslarini boshqarish” yo’nalishi magistr darajasiga ega bo’ldi. 2021-yildan Qarshi tumani 5-umumiy maktabda o’qituvchi lavozimida ishlagan.
N.Sh.Xidoyatova mehnat faoliyatini 2013-yilda Qarshi bank kollejida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2003-2007 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2018-2020 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining magistratura “Menejment” mutaxassisliklarini tugatgan. 2013-2020-yillar davomida Qarshi bank kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
M.Xolyorov mehnat faoliyatini 2020-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2015-2019 yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univеrsitеtining O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2019-2021 yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univеrsitеtining Filologiya fakulteti “Adabiyotshunoslik” magistratura mutaxassisliklarini tugatgan. 2021-2022-yillar davomida […]
G.Z.Yakubova xalqaro jurnallarda chop etilgan bir necha maqolalar muallifi. 2023-yildan boshlab Qarshi Xalqaro Universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Rus adabiyotiga oid kitoblar o’qishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatda til savodxonligini yuksaltirish orqali O’zbekiston rivojiga qo’shish.
Yaxshiboyeva Sitora Toshpulatovna faoliyatini 2013-2017 yillari Qarshi davlat univеrsitеtining Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (bakalavr) yo‘nalishini, 2017-2021 yillari Qarshi shahar 41-Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab o‘qituvchisi. 2021-2023 yillari Shahrisabz davlat pedagogika institutining Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (magistratura) mutaxassisliklarini tugatgan. 2023-yil 03-sentabrdan buyon Qarshi xalqaro universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida dars berib kelmoqda. S.T.Yaxshiboyeva 15 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr, 1 ta darslik, 2 ta elektron darslik va 2 ta uslubiy qo‘llanmalar muаllifi.
Hech narsa topilmadi.