To‘rayev Dostonjon Erkin o‘g‘li

To‘rayev Dostonjon Erkin o‘g‘li

D.E To‘rayev 2015-yilda Qarshi Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti fizika yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2019-yilda o‘qishni a’lo baholarga tugatib, bakalavr darajasini oldi va shu yili O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Kichik o‘lchamli holatlar va nanotuzilmali materiallar fizikasi yo‘nalishiga magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2021-yil magistraturani a’lo baholarga tugatib magistr darajasini oladi. 2021-2022-yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-maktabda fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi Xalqaro Universiteti Aniq fanlar kafedrasida fizika fanidan talabalarga bilim berib kelmoqda. “Nanoparticles from artichoke extract obtaining and their properties” ilmiy ishi mavzusida ko‘plabxorijiy va mahalliy konferensiyalarda, jurnallarda maqolalari, tezislari chop etililib kelinmoqda. Chet tillarini o‘rganish, kitob o‘qish va sayohatlar qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi doimo oldinga intilish, o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.