S.M.Jo‘rayev mehnat faoliyatini 2020-yilda Toshkent shahar “Huquqiy axborot” tashkilotida ish boshqaruvchi lavozimida boshlagan. Shu bilan birgalikda, 2021-2022-yillarda Toshkent shahar “Ijtimoiy rivojlantirish” tashkilotida ish boshqaruvchi, so‘ngra 2022-2023-yillarda “United IT Company” kompaniyasida yurist hamda inson resurslarini boshqarish menejeri (HR manager) sifatida faoliyat olib borgan.
2023-yil 4-sentabrdan Qarshi Xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida yuridik fanlar o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Shaxsiy rivojlanish mashg‘ulotlari va kitob kolleksiyasini yig‘ishga qiziqadi. Hayotdagi shiori “Hamma qiyin degan marrani ko‘zla, shunda jarayonni o‘zi zavq beradi”.
S.M. Jo‘rayev O‘zbekiston xalqaro tijorat arbitraji sudyasi va Qashqadaryo viloyatida professional mediator-yurist (nizolarni tinch yo‘l bilan hal qiluvchi yurist) sifatida ham faoliyat olib bormoqda. Ilmiy faoliyati yo‘lida Toshkent davlat yuridik universitetida mustaqil tadqiqotchi hamda 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy mаqоlаlаr va 5 dan ortiq elektron o‘quv qo‘llanma muаllifi.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Til: o‘zbek, ingliz, rus, arab
Tajriba: 4 yil
El. manzili: Sultonbek7727@gmail.com