Milliylik — bu bizning ildizimiz…

15 May 2026 1 мин чтения 0 просмотров
Milliylik — bu bizning ildizimiz… — фото 1
Milliylik — bu bizning ildizimiz… — фото 2
Milliylik — bu bizning ildizimiz… — фото 3
1 / 3

U nafaqat libosimizda yoki an’analarimizda, balki yuragimizdagi g‘ururda, tilimizdagi iliq va shirin so‘zlarda, bir-birimizga bo‘lgan mehr, hurmat va yaxshilikda namoyon bo‘ladi.

Milliylik — bu xalqning ma’naviy boyligi, uning tarixi, madaniyati va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlaridir.

Bugun bizning vazifamiz — o‘z milliy ildizlarimizni unutmasdan, ularni zamonaviy hayotda ham asrab-avaylashdir. Zamonaviy bo‘lish — bu o‘zligini yo‘qotish degani emas. Aksincha, o‘z ildizini bilgan va qadrlagan inson yanada kuchli va munosib bo‘ladi.

✨Milliy qadriyatlarni asrash — kelajak avlodga qoldiriladigan eng go‘zal merosdir

0
Просмотров
0
Комментариев
1 мин
Время чтения
Автор статьи

Asror Sunnatov