A.A.Normurodova o’z mehnat faoliyatini 2020-yilda Koson tumani Koson agrotexnologiyalar texnikumida o‘qituvchi lavozimida ish boshlagan. 2016-2020 yillari Qarshi davlat univеrsitеtining Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2020-2022 yillari Qarshi davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)” magistratura mutaxassisliklarini tugatgan. 2020-2023-yillar davomida Koson tumani Koson agrotexnologiyalar texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
A.A.Normurodova 10 ga yaqin ilmiy mаqоlаlаr va 2 ta elektron darslik muаllifi. Hozirgi kunda 2023-yildan Qarshi xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob mutolaa qilishga,sport mashg’ulotlariga qatnashishga va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasining yetuk vakili bo‘lib talabalarga mukammal bilim berish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar”kafedrasi o‘qituvchisi
Til: o‘zbek, ingliz, rus
Tajriba: 3 yil
Elektron manzili: normurodovaadiba90@gmail.com