Kurbanova Shaxnoza Shoniyozovna 1983-1988 yillarda Qarshi davlat pedagogika institutini geografiya va biologiya mutaxasisligi bo`yicha a`lo baholarda tugatib, mehnat faoliyatini 1988-yilda Qarshi shahri 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 1996-2017 yillari Qarshi pedagogika kollejida anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanlaridan dars berib kelgan. 2017-2022 yillarda Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasida birinchi toifali o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Kurbanova Shaxnoza Shoniyozovna 30 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr va 2 ta “Odam fiziologiyasi”, “Sport fiziologiyasi” o`quv qo`llanmalar muаllifi. Hozirgi kunda fiziologiya fani sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda.
2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob o‘qish va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Til: o‘zbek, rus, ingliz
Tajriba: 35 yil
El. manzili: shahnoza2147755@gmail.com