KIUda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi

06 May 2026 1 мин чтения 0 просмотров
KIUda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi — фото 1

Bizda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar universitet muhiti bilan yaqindan tanishib, zamonaviy auditoriyalar, o‘quv jarayoni va mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

😄 Shuningdek, ular ustozlar va talabalar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kun ko‘plab yoshlar uchun kelajakdagi kasb va ta’lim yo‘lini tanlashda muhim qadam bo‘ldi.

0
Просмотров
0
Комментариев
1 мин
Время чтения
Автор статьи

Asror Sunnatov