K.M.Maxsudjonov mehnat faoliyatini 2021-yilda Qarshi shahridagi 10- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2021-yillari Qarshi davlat universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2021-2023-yillari Shahrisabz davlat pedagogika universitetining “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” magistratura mutaxasisliklarini tugatgan. 2021-2023-yillar davomida Qarshi shahri 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2023-yildan Qarshi xalqaro universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. K.M.Maxsudjonov 5 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Hozirgi kunda pedagogika sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. Kitob o‘qish va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasiniing yetuk vakili bo‘lish.
Savolingizni yozing — operator Telegram orqali va shu yerning o'zida javob beradi.