Samarqandga sayohat

19 May 2026 1 min 0 Ko‘rildi
Samarqandga sayohat — фото 1
Samarqandga sayohat — фото 2
Samarqandga sayohat — фото 3
Samarqandga sayohat — фото 4
1 / 4

Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi FI-49-24-guruh talabalari guruh rahbari J. Karamov boshchiligida “Vatan bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.

Talabalar Imom Al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi va Hazrati Xizr masjidini ziyorat qilib, yurtimizning boy tarixi va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

🔖 Mazkur sayohat yoshlarning Vatanga muhabbatini mustahkamlash, tarixiy merosga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

0
Ko‘rildi
0
Izohlar
1 мин
O'qish vaqti
Muallif

Asror Sunnatov