1997-yil 16-yanvarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan.
O‘rta maktabni tamomlagach, 2013–2016-yillarda Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida tahsil olgan.
2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.
2021–2023-yillarda mazkur universitetning Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.
2023–2024-yillarda Qarshi xalqaro universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yildan hozirga qadar Qarshi xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida pedagogik faoliyat olib boradi.
2026-yil sentabrdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 10.00.01 — O‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Ta’lim sohasidagi umumiy tajribasi: 5 yil.
Maqsadi
Kasbiy, pedagogik va ilmiy faoliyatimdan asosiy maqsadim — oliy ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritish, o‘zbek tili ilmi rivojiga hissa qo‘shish, talaba-yoshlar hamda magistrantlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va manfaatli ilm qoldirishdan iborat.
Qarshi xalqaro universitetida Magistratura bo‘limi boshlig‘i hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ilmga mas’uliyat, fidoyilik va halollik bilan xizmat qilishni muhim vazifa deb biladi. 10.00.01 — O‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari orqali ona tilining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, uni rivojlantirish va kelajak avlodga foydali ilmiy meros qoldirishga intiladi.
Faoliyatining bosh mezoni — ilm tarqatish, shogirdlar yetishtirish, jamiyatga manfaat yetkazish hamda shu orqali Yaratganning roziligiga erishishdir.
Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.