Asror Sunnatov 16 May 2026
👁 Ko'rildi: 26 marotaba
Talabalar o‘rtasida “Brain Ring” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Universitetda tashkil etilgan ushbu bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa jarayonida ishtirokchilar faol qatnashib, yuqori intellektual salohiyat hamda jamoaviy hamkorlik namunalarini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, keskin bahslar va bilimga boy muhit tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.