Sport, shijoat va g‘alaba ruhi bir maydonda jam bo‘ladi! 28-aprel kuni “Rektor kubogi” doirasida basketbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada talabalar o‘z jamoaviy hamjihatligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etadilar. Qizg‘in bahslar va murosasiz bellashuvlar sport ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarni taqdim etadi.
📅 28.04.2026 🕝 14:30 📍 2-bino
Barcha talabalar va sport muxlislarini musobaqani qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!