Sattorova Malikaxon Abdug`affor qizi

Sattorova Malikaxon Abdug`affor qizi

M. Sattorova 2021-yilda Qarshi davlat universiteti maktabgacha ta`lim yo`nalishi bakalavr darajasini tamomlab, shu yilning o`zida Shahrisabz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta`lim yo`nalishi magistraturasiga qabul qilindi. M.Sattorova o`z ish faoliyatini 2021-yilda Qarshi shahridagi 11-DMTT  tayyorlov guruh tarbiyachisi lavozimida boshlagan. 2023-yilda Qarshi xalqaro universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o`qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan.

Sattorova 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va  elektron darslik muallifi.

Eng sevimli mashg`ulotlari til o`rganish, o`z sohasiga oid bo`lgan kitoblar o`qish va qiziqarli filmlar tomosha qilish. Hayotdagi maqsadi  “O`qitish ikki barobar o`qish demakdir” iborasiga amal qilgan holda  talabalarga bilim berish va shu  orqali sohaga oid  bilimini yanada chuqurlashtirish. Eng oliy maqsadi Maktabgacha ta`lim sohasini yurtimizdagi yetakchi sohalardan biriga aylanishiga o`z hissasini qo`shish va Maktabgacha ta`lim sohasi bo`yicha fan doktori darajasiga erishish.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi

Til O`zbek, rus, ingliz

Tajriba: 3 yil

Email: msattorova090@gmail.com

Xorijiy tillarni bilishi: rus tilida dars mashg`ulotlarini olib boradi.