Rajabov Eliyor Xoliyorovich

Rajabov Eliyor Xoliyorovich

1994-yil 17-yanvarda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2010–2013-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 1-akademik litseyida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning «Adabiyotshunoslik nazariyasi» yo‘nalishi magistratura bosqichini tamomlagan.
2020-yilda “Yil talabasi” tanlovi sovrindori bo‘lgan. 2026-yildan boshlab mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda Qarshi xalqaro universitetining»Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasida faoliyat yuritadi. Maqsadi — o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng targ‘ib etish hamda o‘zbek tilini xalqaro til darajasiga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta’limdagi tajribasi -7 yil