Asror Sunnatov 16 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 323 marotaba
Yurtimiz boʻylab sayohat

Qarshi xalqaro universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) yo’nalishi talabalari guruh murabbiyi J.Karamov boshchiligida 12-dekabr kuni «Vatan bo’ylab sayohat» loyihasi doirasida Kasbi tumanida joylashgan «Sulton Mir Haydar ziyoratgohi» va Qarshi shahridagi Odina masjidida joylashgan «Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi»ga tashrif buyurdilar.

✔️ Sayohat davomida talabalar vatanimiz haqida o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oldilar. Sayohatda talabalar ko’tarinki kayfiyatda bo’ldilar va katta taasurotlar oldilar.