Добро пожаловать в тему KIU
✨ Yoshlar ittifoqi jamoasi marafon davomida yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida faol ishtirok etdi.
📍 Marafondan eng sara lahzalarni ushbu suratlarda tomosha qiling.



— Eshitdingizmi, sun’iy intellekt endi barcha kasblarni egallab olar ekan
— Rostanmi?
— Ha
— Menimcha siz yuqoridagi slaydlarni oʻqib chiqishingiz kerak
— Qaniiii?



Agar futbolchilarimiz bugungi zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talaba bo‘lganida, ular qaysi sohani tanlagan bo‘lardi?
🧠Fayzullayev — Psixologiya. Chunki maydonda ham, hayotda ham vaziyatni hammadan tezroq o‘qiydi.
🔥Endi navbat sizga!



Kelajagingizni zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘lamoqchimisiz? Dasturiy injiniring yo‘nalishini tanlab, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Dasturiy ta’minot yaratish, kompyuter tizimlari bilan ishlash, ma’lumotlar bazalarini boshqarish va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda o‘z salohiyatingizni namoyon etishingiz mumkin.
Bugundan boshlab kelajak kasblarini egallash sari ilk qadamni qo‘ying!

✅ Talaba-yoshlarning ijodiy fikrlashi, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Men radikalizmni qanday tushunaman?” hamda “Yoshlar – terrorizm va ekstremizmga qarshi” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovga sun’iy intellekt vositalari yordamida yoki mustaqil ravishda tayyorlangan qisqa targ‘ibot roliklari, chellenjlar va flayerlar qabul qilinadi.
Hududiy bosqich 20-iyunga qadar davom etadi. Eng sara ishlar respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
🤝Yoshlarni tinchlik, bag‘rikenglik va sog‘lom dunyoqarash g‘oyalarini targ‘ib etishga chorlaymiz!
