Asror Sunnatov 11 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 303 marotaba
Talabalar uchun seminar-trening oʻtkazildi!

Talabalik hayotiga moslashuv va kommunikativ ko‘nikmalar”
Universitet psixologi Nargiza Shukurova tomonidan birinchi bosqich talabalari bilan yaqindan tanishish, ularning talabalik hayotiga moslashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida mazkur seminar–trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarga:
moslashuv davrida uchraydigan psixologik holatlar; samarali kommunikatsiya va jamoaviy muloqot ko‘nikmalari; psixologik xizmatdan foydalanish tartibi va imkoniyatlari haqida amaliy ma’lumotlar berildi.

Seminar–trening universitetning barcha fakultetlarida “Birinchi kurs maktabi” doirasida tashkil etildi va talabalar tomonidan faol ishtirok etildi.