Добро пожаловать в тему KIU

Men 13 yoshimdan beri dasturlashga qiziqaman va shu sohada doimo izlanib, o‘rganaman.

Shahsiy sahifasi: https://shukrillamurodov.uz/

G.M.Mardonova mehnat faoliyatini 2016-yilda Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida boshlagan.

2010-2014-yillari Toshkent Moliya Institutining Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bakalavr darajasini olib, 2014-2016 yillari Toshkent Moliya Instituti “Investitsiyalarni boshqarish” (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha ) magistratura mutaxassisligini tugatgan. 2018-2020-yillar davomida “O’ztransgaz” AJ “Qashqadaryo” hududiy filiali Buxgalteriya hisobi bo’limi yetakchi hisobchi o’rinbosari va 2020-2023-yillarda “Hududgaz Qashqadaryo”  gaz ta’minoti filiali Qarshitumangaz suyuq gaz hisobi bo’yicha texnik bo‘lib ishlagan.

G.M.Mardonova 10 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda iqtisod sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda.

2023-yildan buyon Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.  Kitob o‘qish va hisob ishlarini yuritishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatga foydasi tegadigan ziyoli olima bo‘lish va ta’lim hamda iqtisod sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shish.

“Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Til: o‘zbek, ingliz, rus

Tajriba: 8 yil

El. manzili: uzalmardonova398@gmail.com

D.E To‘rayev 2015-yilda Qarshi Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti fizika yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2019-yilda o‘qishni a’lo baholarga tugatib, bakalavr darajasini oldi va shu yili O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Kichik o‘lchamli holatlar va nanotuzilmali materiallar fizikasi yo‘nalishiga magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2021-yil magistraturani a’lo baholarga tugatib magistr darajasini oladi. 2021-2022-yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-maktabda fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi Xalqaro Universiteti Aniq fanlar kafedrasida fizika fanidan talabalarga bilim berib kelmoqda. “Nanoparticles from artichoke extract obtaining and their properties” ilmiy ishi mavzusida ko‘plabxorijiy va mahalliy konferensiyalarda, jurnallarda maqolalari, tezislari chop etililib kelinmoqda. Chet tillarini o‘rganish, kitob o‘qish va sayohatlar qilishni yoqtiradi. Hayotdagi maqsadi doimo oldinga intilish, o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.

N.Sh.Xidoyatova mehnat faoliyatini 2013-yilda Qarshi bank kollejida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2003-2007 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2018-2020 yillari Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining magistratura “Menejment” mutaxassisliklarini tugatgan. 2013-2020-yillar davomida Qarshi bank kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Aniq fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

N.Sh.Xidoyatova 15 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr muаllifi. Hozirgi kunda iqtisodiyot sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda.

Kitob o‘qish va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk vakili bo‘lish va O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish.

“Aniq fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Til: o‘zbek, rus

Tajriba: 11 yil

El. manzili: xidoyatovaanigora@gmail.com