Barcha yangiliklar 26 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Dotsent Shukrilla Murodov boshchiligida Filologiya va tillarni o‘qitish (Rus tili) yo‘nalishi talabalari uchun “Audio va video materiallarga ishlov berish” mavzusida amaliy dars tashkil etildi!

Mazkur darsga KIU media markazi mutaxassisi Surayyo Rajabova hamda tajribali montaj ustasi Firdavs Maxmatmurodov taklif etildi. Dars davomida talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etib, mustaqil ravishda videolavhalar tayyorladilar. Yakunda esa ijobiy va samarali natijalarga erishildi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 26 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylandi!

Mazkur tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda agentlikning yirik loyihalari rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borishdi. Uchrashuv davomida yoshlarga yangi imkoniyatlar, loyihalar va istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Quvonarlisi, Qarshi xalqaro universiteti talabasi Bekmurod Rasulov ham ushbu uchrashuvda faol qatnashib, o‘zining dolzarb taklif va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 25 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

KIUda Navroʻz bayrami katta tantana bilan nishonlandi!

Bayramona kayfiyat, milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar va samimiy tabassumlar — bularning barchasi bir joyda jam boʻldi. Talabalar va Ustozlar birgalikda Navroʻzning goʻzal an’analarini namoyish etib, bu kunni unutilmas lahzalarga boy qildilar. Har bir daqiqa quvonch va iliqlikka toʻldi. Navroʻz — yangilanish, mehr va birlik bayrami!

Batafsil
Barcha yangiliklar 24 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Bizda Navroʻz bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi!

Bahorning eng goʻzal va qadimiy ayyomi — Navroʻz, KIU jamoasida alohida shukuh va quvonch bilan qarshi olindi. Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz yorqin namoyon boʻlib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. 🌸 Talabalar va ustozlar ishtirokida tashkil etilgan turli sahna koʻrinishlari, milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar va koʻrgazmalar bayramga yanada fayz bagʻishladi. Milliy liboslar, bahoriy bezaklar […]

Batafsil
Barcha yangiliklar 23 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Universitet bitiruvchilari uchun katta imkoniyat!

Qarshi shahrining eng yirik kompaniyalari sizni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif qiladi. Birgina suhbat — va siz ishli mutaxassis! Sizni kutmoqda:— Top kompaniyalar bilan jonli muloqot— Darhol ishga joylashish imkoniyati Qarshi markaziy xiyoboni⏱09:00 Yorqin kelajagingiz sari dadil qadam.

Batafsil
Barcha yangiliklar 21 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

KIU jamoasi barcha talabalar, ustozlar va hamkorlarni muborak ayyomlar bilan samimiy tabriklaydi!

Navroʻz — tabiat uygʻonishi, yangi umid va yangi boshlanishlar fasli. Hayit esa inson qalbini poklaydigan, mehr-muruvvat va kechirimlilikni targʻib etuvchi ulugʻ bayramdir. Ushbu goʻzal kunlar har bir xonadonga quvonch, baraka va iliqlik olib kelsin. Barchangizga mustahkam sogʻlik, xotirjamlik va yorqin kelajak tilaymiz. Bayramlar qalbingizga ilhom va kuch bagʻishlasin!

Batafsil