Asror Sunnatov 26 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 59 marotaba
Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylandi!

Mazkur tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda agentlikning yirik loyihalari rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga yangi imkoniyatlar, loyihalar va istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Quvonarlisi, Qarshi xalqaro universiteti talabasi Bekmurod Rasulov ham ushbu uchrashuvda faol qatnashib, o‘zining dolzarb taklif va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi.