Bayramona kayfiyat, milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar va samimiy tabassumlar — bularning barchasi bir joyda jam boʻldi. Talabalar va Ustozlar birgalikda Navroʻzning goʻzal an’analarini namoyish etib, bu kunni unutilmas lahzalarga boy qildilar.
Har bir daqiqa quvonch va iliqlikka toʻldi. Navroʻz — yangilanish, mehr va birlik bayrami!