Asror Sunnatov 21 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 59 marotaba
KIU jamoasi barcha talabalar, ustozlar va hamkorlarni muborak ayyomlar bilan samimiy tabriklaydi!

Navroʻz — tabiat uygʻonishi, yangi umid va yangi boshlanishlar fasli. Hayit esa inson qalbini poklaydigan, mehr-muruvvat va kechirimlilikni targʻib etuvchi ulugʻ bayramdir. Ushbu goʻzal kunlar har bir xonadonga quvonch, baraka va iliqlik olib kelsin.

Barchangizga mustahkam sogʻlik, xotirjamlik va yorqin kelajak tilaymiz. Bayramlar qalbingizga ilhom va kuch bagʻishlasin!