1994-yil 1-iyunda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2011–2014-yillarda Chirchiq tibbiyot kollejida tahsil olgan.
2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning Adabiyotshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2026-yildan boshlab mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda Qarshi xalqaro universitetining «Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasida faoliyat yuritadi.
Maqsadi — o‘zbek tili va adabiyotining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng targ‘ib etish hamda o‘zbek tilini xalqaro til darajasiga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta’limdagi tajribasi – 7 yil
Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.