Добро пожаловать в тему KIU

1994-yil 17-yanvarda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2010–2013-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 1-akademik litseyida tahsil olgan. 2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning «Adabiyotshunoslik nazariyasi» yo‘nalishi magistratura bosqichini tamomlagan.
2020-yilda “Yil talabasi” tanlovi sovrindori bo‘lgan. 2026-yildan boshlab mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda Qarshi xalqaro universitetining»Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasida faoliyat yuritadi. Maqsadi — o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng targ‘ib etish hamda o‘zbek tilini xalqaro til darajasiga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta’limdagi tajribasi -7 yil

1994-yil 1-iyunda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2011–2014-yillarda Chirchiq tibbiyot kollejida tahsil olgan.
2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya yo‘nalishida bakalavriatni, 2021–2023-yillarda esa shu universitetning Adabiyotshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2026-yildan boshlab mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda Qarshi xalqaro universitetining «Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasida faoliyat yuritadi.
Maqsadi — o‘zbek tili va adabiyotining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida keng targ‘ib etish hamda o‘zbek tilini xalqaro til darajasiga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta’limdagi tajribasi – 7 yil

1997-yil 16-yanvarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan.

O‘rta maktabni tamomlagach, 2013–2016-yillarda Qarshi shahridagi “Nuriston” akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida tahsil olgan.

2017–2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.

2021–2023-yillarda mazkur universitetning Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.

2023–2024-yillarda Qarshi xalqaro universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

2024-yildan hozirga qadar Qarshi xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida pedagogik faoliyat olib boradi.

2026-yil sentabrdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 10.00.01 — O‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Ta’lim sohasidagi umumiy tajribasi: 5 yil.

Maqsadi

Kasbiy, pedagogik va ilmiy faoliyatimdan asosiy maqsadim — oliy ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritish, o‘zbek tili ilmi rivojiga hissa qo‘shish, talaba-yoshlar hamda magistrantlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va manfaatli ilm qoldirishdan iborat.

Qarshi xalqaro universitetida Magistratura bo‘limi boshlig‘i hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ilmga mas’uliyat, fidoyilik va halollik bilan xizmat qilishni muhim vazifa deb biladi. 10.00.01 — O‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari orqali ona tilining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, uni rivojlantirish va kelajak avlodga foydali ilmiy meros qoldirishga intiladi.

Faoliyatining bosh mezoni — ilm tarqatish, shogirdlar yetishtirish, jamiyatga manfaat yetkazish hamda shu orqali Yaratganning roziligiga erishishdir.

G.Z.Yakubova mehnat faoliyatini 1987-yil “Guldasta” bolalar bog‘chasida yordamchi tarbiyachi sifatifa boshlagan. 1988-1993 yillari Qarshi davlat universitetida “Rus tili va adabiyoti” yo‘nalishida tugallangan oliy ma’lumotni egallagan. 1993-1996 yillarda Qarshi shahar ijtimoiy ta’minoti bo’limida xisobchi, 1997-2007 yillarda Qarshi shahar 23-o’rta maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi, 2007-2018- yillarda Qarshi Pedagogika kollejida rus tili va adabiyoti o’qituvchisi,2018-2023 – yillarda boshlab Qarshi shahar 31-maktabda rus tili va adabiyot o`qituvchisi lavozimlarida ish faoliyatini olib brogan.G.Z.Yakubova xalqaro jurnallarda chop etilgan bir necha maqolalar muallifi. 2023-yildan boshlab Qarshi Xalqaro Universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Rus adabiyotiga oid kitoblar o’qishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi jamiyatda til savodxonligini yuksaltirish orqali O’zbekiston rivojiga qo’shish.

M.Xolyorov mehnat faoliyatini 2020-yilda Toshkent viloyati Toshkent  tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2015-2019 yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti    univеrsitеtining O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish yo‘nalishi bakalavr darajasini, 2019-2021 yillari  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti    univеrsitеtining Filologiya  fakulteti “Adabiyotshunoslik” magistratura mutaxassisliklarini tugatgan. 2021-2022-yillar davomida Kasbi tumani 1-son kasb-hunar  maktabida birinchi toifali o‘qituvchi, uslubchi lavozimlarida, 2022-2023-yillarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida  o‘qituvchi lavozimi ishlagan.

M.Xolyorov 5 dan ortiq ilmiy mаqоlаlаr va 1ta elektron majmua muаllifi. Hozirgi kunda pedagogika sohasida erkin izlanuvchanlik ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. 2023-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida   asissent-o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Jamoat ishlari, She’riyat kechalari uyushtirish va  chet tillarini o‘rganishga  qiziqadi. Hayotdagi maqsadi bilim cho‘qillarini egalashdan to‘xtamaslik, kasbining ustasi bo‘lgan  holda kelajak avlodni yetuk inson qilib tarbiyalashda o‘z xizmatlarini ayamaslik.O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Asissent-o‘qituvchisi

Til: o‘zbek, ingliz, rus

Tajriba: 3 yil

El. manzili: mirzabekxolyorov85@gmail.com

Sh.U.Jabborov mehnat faoliyatimni 2018-yilda xitoy xalq respublikasi xuzhou shaxri xuzhou o’rta ta’lim maktabida assestent o’qituvchi lavozimida boshlagan. 2017-2020 yillari Xitoy xalq respublikasidagi Xuzhou industrial technology institution ning Komputer texnologiyalari yo’nalishi bakalavr darajasini, 2020-2022 yillari Jiangsu normal universitetinining Xalqaro xitoy tili yo’nalishi bakalavr darajasini, 2022-h.v Jiangsu Normal Universiteti magsteranti.

Sh.U.Jabborov bir necha xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar muallifi.

Hozirgi kunda til o’rganuvchilar uchun o’quv-qo’llanmalar ustida faoliyat olib bormoq.

2022-yildan Qarshi Xalqaro universiteti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida assestent o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kitob yozish, astronomiya va til o‘rganishga qiziqadi. Hayotdagi maqsadi o‘z sohasinging yetuk mutaxassisi bo‘lish.