Mulla To‘ychi nomidagi viloyat teatr maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
🤔Ushbu tashabbusda Qarshi Xalqaro Universiteti Yoshlar ittifoqi hamda Talabalar assotsiatsiyasi jamoasi faol ishtirok etdi. Talabalar atrof-muhitni asrash va hududni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
📝 Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.