Asror Sunnatov 21 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 66 marotaba
Vatan boʻylab sayohat qilamiz

🌏 KIU talabalari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tashabbus doirasida ustoz Umidjon Aminov boshchiligida «Abul Muin an-Nasafiy» ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida talabalarimiz yurtimizning boy tarixiy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Qadamjoga safar nafaqat tarixiy bilimlarni mustahkamladi, balki yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.