Asror Sunnatov 7 Noyabr 2025
👁 Ko'rildi: 162 marotaba
“Talabalarning muzeylarga tashrifi” loyihasi — tarix va madaniyat sari sayohat!

Qarshi xalqaro universiteti talabalarining “Talabalarning muzeylarga tashrifi” loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi.

Mazkur tashrif tyutorlar J. Qurbonov va M. Umidullayeva tashabbusi bilan o‘tkazilib, talabalar uchun nafaqat qiziqarli sayohat, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va madaniy merosga hurmat ruhini yanada kuchaytirgan ma’naviy dars bo‘ldi.