Asror Sunnatov 26 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 67 marotaba
“Talabalar ligasi” doirasida “Rektor kubogi” uchun mini futbol musobaqasining navbatdagi turi yuqori kayfiyat va keskin bahslar bilan bo‘lib o‘tdi!

🏀 Maydonda kuch, tezkor fikrlash va puxta strategiya uyg‘unlashdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatini ishga soldi, muxlislar esa tribunadan sportchilarga katta ruhiy ko‘mak berdi. O‘yinlar davomida haqiqiy jamoaviylik, liderlik va sport madaniyati namoyon bo‘ldi.