Islomova Gavhar 4 Fevral 2026
👁 Ko'rildi:
231 marotaba
“Singlimga ibrat bo‘laman!” — talaba qizlar uchun kerakli tashabbus
🫀 Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Qarshi xalqaro universiteti hamkorligida “Men – eng namunali talaba opaman!” chellenji e’lon qilinadi.
Ushbu loyiha bilimli, tashabbuskor va boshqalarga yo‘l ko‘rsata olayotgan fidoyi talaba qizlarni kashf etish, yoshlarni ruhlantirish hamda jamiyatda ijobiy qadriyatlarni keng yoyishga xizmat qiladi. Talaba qizlar nafaqat o‘z kelajagini, balki oilasi va atrofidagi yoshlar hayotini ham o‘zgartira oladi.