Asror Sunnatov 18 Noyabr 2025
👁 Ko'rildi: 161 marotaba
Qarshi xalqaro universitetida ilk bor Startaplar tanlovi o‘tkazildi!

Qarshi xalqaro universitetida birinchi marta “Startap g‘oyalari” tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Ushbu tanlov Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi hamda Yoshlar akademiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, talabalar o‘rtasida innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy g‘oyalarni yuzaga chiqarish va ularni amaliyotga tatbiq etish maqsad qildi.

💡 Tanlov davomida talaba-yoshlar o‘z startap g‘oyalari bilan ishtirok etib, real muammolarga yechim taklif qilishdi, biznes modeli, innovatsion yondashuv va taqdimot mahorati bo‘yicha baholandi.

🔘 Natijalar boʻyicha:

1⃣-oʻrin — Yunusova Feruza Alisher qizi;
2⃣-oʻrin — Bo’riyev Diyorbek Aminovich;
3⃣-oʻrin Sabrina Ahmadova Soxib qizi

Faol qatnashgan talabalar:

Tursunov Ibrohim Meyli ogʻli;
Dilorom Oltiboyeva Xudoyberdi qizi;
Ahmadov Asliddin Isomiddin oʻgʻli.

🏆 3 ta eng yaxshi loyiha g‘olib deb topildi va pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.