Asror Sunnatov 21 Noyabr 2025
👁 Ko'rildi: 182 marotaba
Qarshi xalqaro universitetda «Talaba Fest» katta shukuh bilan oʻtkazildi!

Universitet talabalari festivalga puxta va mas’uliyat bilan tayyorgarlik koʻrishdi. Har bir jamoa oʻz iqtidorini, kreativ gʻoyalarini va jamoaviy ishlash mahoratini namoyish etdi. Tadbir davomida turli yo‘nalishlarda qiziqarli bellashuvlar, mahorat-ko‘rsatmalar va ijodiy chiqishlar taqdim etildi. Yakunda esa eng zukko va faol jamoalar g‘olib sifatida e’tirof etildi.

✔️ Unga koʻra:

1⃣-oʻrin Suhrob Ro’ziyev va Kamola Karimova jamoasi;
2⃣-oʻrin Bekzod Fayzullayev va Umidjon Aminov jamoasi;
3⃣-oʻrin Tursunov Muhriddin va
Xudoyorova Oydin jamoalari.

🔼Festival nafaqat musobaqa, balki talabalarning bir-biri bilan yaqinlashishi, ijodiy fikr almashuvi va yangi motivatsiya olishlari uchun ajoyib maydon boʻldi.