Islomova Gavhar 19 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 295 marotaba
KIU rektori boshchiligidagi Ishchi guruh Kasbi tumanidagi “Cho’lquvar” mahallasiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh mahalla yettiligi bilan birgalikda mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bor, ishsizlik mavjud oilalarni o‘rganish, mahallani rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z ishini boshladi.
Mazkur o’rganishlar orqali, oilalarning yashash sharoitlari tahlil qilinadi. Muammolarni tizimli ravishda aniqlash orqali ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, manzilli yordam mexanizmlari va individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqiladi.

Olingan natijalar asosida tegishli davlat tashkilotlari, mahalla faollari va homiylar bilan hamkorlikda oilalarning bandligini oshirish, daromad manbalarini yaratish, ijtimoiy himoya xizmatlariga ulash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.