📖 Kecha talabalar iste’dodli yozuvchi Isajon Sulton qalamiga mansub “Genetik” asari bo‘yicha o‘tkazilgan muhokama va test sinovida faol ishtirok etishdi. https://t.me/kiu_uz/4177
Uchrashuv davomida:
🔹 Asarning mazmuni va asosiy g‘oyalari tahlil qilindi;
🔹 Qahramonlar xarakteri haqida fikr almashildi;
🔹 Talabalar test sinovi orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi;
🔹 Yakunda esa ishtirokchilar o‘z mulohazalarini erkin tarzda bildirishdi.
➡️ Tadbir iliq, samimiy va bilimga boy muhitda o‘tdi. Faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz!





