Barcha yangiliklar 27 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Jinoyatchilikka qarshi profilaktik suhbat tashkil etildi.

Tadbir doirasida mahalla inspektori, mayor Kenjayev Dilshod Ermamatovich tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, internet firibgarliklari va maishiy nizolarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 26 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Bahorning eng nafis va sehrli kechasi yaqin!

Universitetimiz qizlari intiqlik bilan kutayotgan MISS KIU – 2026 tanlovi Qarshi shahridagi Mulla Toʻychi Drama Teatri sahnasida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki go‘zallik tanlovi emas…Bu — zakovat, iste’dod, sahna madaniyati va zamonaviy o‘zbek qizining betakror timsoli namoyon bo‘ladigan unutilmas bahoriy shou! Eng munosib ishtirokchi kim bo‘ladi?Keling va bu hayajonli kechaning guvohiga aylaning! 🗓️ 4-mart📍 […]

Batafsil
Barcha yangiliklar 26 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Yashash uchun ming bir sabab!

Universitetda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yashash uchun ming bir sabab” mavzusida psixologik aksiya tashkil etildi. Tashabbus Universitet psixologi Nargiza Shukurova va Psixologiya yo‘nalishi talabalari hamkorligida amalga oshirildi. Aksiya davomida talabalar o‘z fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifoda etib, hayotiy qadriyatlar hamda motivatsion omillarni aniqlashga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

Batafsil
Barcha yangiliklar 26 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Ish topish qiyin emas!

Agar siz ish topishda qiynalayotgan va oʻzingizga mos ishonchli faoliyat turini qidirayotgan boʻlsangiz unda ushbu video aynan siz uchun! Shu bilan birga videoda keltirilgan ilovalarning havolasini ham oʻzingizda saqlab olib qoʻyishingiz mumkin: 1⃣ Linkedin; (https://share.google/lEcXvhmfW2QLp94lI)2⃣ Upwork; (https://share.google/OonvTBB6tmaMUSLGn)3⃣ My Fiverr (https://share.google/kNCV5LTd2cvQrlW8z) ✅ Postni yaqinlaringizga ham ulashing.

Batafsil
Barcha yangiliklar 25 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Volontyorlik — bu yaxshilik sari qadam!

Volontyorlik — bu ixtiyoriy va beg‘araz yordam ko‘rsatish faoliyatidir. Bu nafaqat boshqalarga yordam berish, balki o‘z ustingizda ishlash, tajriba orttirish va yangi do‘stlar topish imkoniyatidir. Volontyorlar jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi — ijtimoiy loyihalar, tadbirlar, xayriya aksiyalari va turli tashabbuslarda faol ishtirok etadi. Yaxshilik qilish uchun katta imkoniyat shart emas — istak va mehr yetarli.

Batafsil
Barcha yangiliklar 25 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Milliylik — qalbimizdagi faxr

Milliy kuy-qoʻshiqlarimiz — bu shunchaki ohang emas, bu ajdodlar nafasi, tarixning tirik sadolari.Ularni kuylash, his qilish va asrab-avaylash — har birimizning burchimiz va iftixorimizdir. Milliy musiqamiz qalbingizda qanday tuygʻularni uygʻotadi?

Batafsil
Barcha yangiliklar 24 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Milliy qadriyatlar sadosi

Universitetimizda boʻlib oʻtgan dars soatiga oʻzgacha yondashildi. Unda buyuk bobolar, jadid namoyondalari haqida, shuningdek, milliy kuy-qoʻshiqlarimiz talabalar tomonidan ijro etilib milliyligimizning keng ildizga ega ekanligi yana bir bor oʻz isbotini topdi. 🔥 Bunday tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlab, milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga undaydi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 23 Fevral 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Hafta davomidagi asosiy sanalar

📝 Talabaning har bir kuni ilm choʻqqisidagi yangi sarhadlarni egallashdan iborat. KIUda esa bu jarayon talabalarning universitet hayotida faol ishtiroki bilan tasavvur qilinadi. Koʻramiz, oʻtgan hafta davomida qanday yangiliklar boʻlgan edi…

Batafsil