Barcha yangiliklar 11 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Navroʻz sayli – milliy qadriyatlar va quvonch uygʻunligi!

💐27-mart kuni KIU da Navroʻz sayli katta shodiyona bilan nishonlanadi. Bayram davomida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimiz namoyon etiladi. 🌸 Sayl davomida milliy taomlar, an’anaviy oʻyinlar va ijodiy chiqishlar va noodatiy tadbirlar guvohi boʻlasiz. Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va birlik tuygʻusini yanada mustahkamlaydi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 10 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Mehr va e’tibor — eng katta qadriyat

🌙 Qarshi Nuroniylar sanatoriyasida Talabalar assotsiatsiyasi hamda “Mehr nuri” loyihasi hamkorligida talaba-yoshlarimiz nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olishdi. ➡️ Uchrashuv davomida talabalarimiz qariyalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning hayoti va tajribalaridan saboq olishdi. Bu tashrif nuroniylarimizga quvonch ulashish, ularga e’tibor va hurmat ko‘rsatishning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 10 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

KIU — bilim orqali dunyoga yoʻl!

Professor-o‘qituvchilarimiz QS reytingda Top 500 oʻrinda turuvchi Malayziyaning nufuzli «INTI International University»da ilmiy stajirovkani rasman boshlashdi. Bugun esa dastlabki kun — universitet bilan yaqindan tanishish va ilmiy muhitga kirib borish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Professor o’qituvchilarga ilmiy tadqiqotlar olib borish, savollarga javob topish va yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Batafsil
Barcha yangiliklar 8 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Aziz ayollar va muhtarama qizlar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Siz — mehr, sabr, goʻzallik va hayotimizning eng katta ilhom manbaisiz. Jamiyatimiz, oilamiz va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan mehnatingiz uchun sizga cheksiz hurmat bildiramiz.Hayotingiz doimo quvonch va baxtga toʻlsin, qalbingizdan bahor nafasi arimasin. 🌸 Sizga sogʻlik, baxt va ezgu orzularingiz roʻyobini tilaymiz.

Batafsil
Barcha yangiliklar 7 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Ayollarimizni nima xursand qiladi?

Shu savol bilan universitetimiz yigitlariga murojaat qildik.Kimdir samimiy tilaklar dedi, kimdir gullar, yana kimdir e’tibor va hurmat ayollar uchun eng katta sovg‘a ekanini aytdi. Chunki ayol qalbini xursand qilish uchun ba’zan oddiygina mehrli so‘z ham yetarli bo‘ladi. 🩷 Sizningcha-chi, ayollarni eng ko‘p nima xursand qiladi?

Batafsil
Barcha yangiliklar 6 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Sen baribir muqaddassan, ayol…

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan KIU ustozlari jamoamizdagi barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladilar. Bayram munosabati bilan ayollarga hurmat va ehtirom bildirilib, ularning jamiyatdagi o‘rni, mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi alohida ta’kidlandi. Jamoamizdagi ustozlar, xodimlar va talaba-qizlarga iliq tilaklar bildirildi. 🤩 KIU jamoasi barcha aziz ayollarni ushbu go‘zal bayram bilan muborakbod etadi!

Batafsil
Barcha yangiliklar 5 Mart 2026 1 daqiqa Asror Sunnatov

Rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqot

Qarshi xalqaro universitetida Prezidentimiz tashabbuslariga binoan har payshanba talaba-yoshlar kuni munosabati bilan bugun talaba-yoshlar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, taklif va fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalarga […]

Batafsil