Tadbir doirasida mahalla inspektori, mayor Kenjayev Dilshod Ermamatovich tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, internet firibgarliklari va maishiy nizolarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bunday uchrashuvlar mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.


