💐27-mart kuni KIU da Navroʻz sayli katta shodiyona bilan nishonlanadi. Bayram davomida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimiz namoyon etiladi.
🌸 Sayl davomida milliy taomlar, an’anaviy oʻyinlar va ijodiy chiqishlar va noodatiy tadbirlar guvohi boʻlasiz. Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va birlik tuygʻusini yanada mustahkamlaydi.