Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi

24 Noy 2025 1 мин чтения 0 просмотров
Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi — фото 1
Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi — фото 2
Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi — фото 3
Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi — фото 4
Qarshi xalqaro universitetida talaba xavfsizligi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi — фото 5
1 / 5

📆Bugun, 24-noyabr kuni, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik U. Axrorov tomonidan Qarshi xalqaro universitetida Yoshlar masalalari va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi K. Maxsudjanov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. To‘ychiyev hamda universitet tyutorlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅Yig‘ilish davomida talabalarning yotoqxonalari va ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ullar tomonidan turar joylarni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, quyidagi xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar belgilandi:

🔥 yong‘inlarning oldini olish
⚠️ is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish
💨 gaz-havo aralashmasining chaqnashi xavfini bartaraf etish

🔒 Talabalar xavfsizligi — universitetning doimiy ustuvor yo‘nalishi.

0
Просмотров
0
Комментариев
1 мин
Время чтения
Автор статьи

Asror Sunnatov