Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi va Qarshi xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
🔹 Pedagogik mahorat bo‘yicha qo‘shma dasturlar va ilmiy loyihalar;
🔹 O‘quv reja va ilmiy ishlanmalarni birgalikda yaratish;
🔹 Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish;
🔹 Mahorat darslari, trening va seminarlar tashkil etish;
🔹 Ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va sport tadbirlarini o‘tkazish;
Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, tajriba almashinuvi va yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga oid mustahkam hamkorlikning yana bir bosqichi bo‘ldi.
📌Birgalikda – yanada kuchli, yanada samarali!






Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.