Islomova Gavhar 5 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 56 marotaba
Qarshi shahrida boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

🔘 Qarshi shahridagi Yoshlar markazida kuch tuzilmalari hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda turli tashkilot vakillari bilan bir qatorda Qarshi xalqaro universiteti boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar ittifoqi faollari ham faol qatnashib, o‘z tashabbus va takliflari bilan jarayonni boyitdilar.

🔘 Seminar davomida yetakchilik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar, tajriba almashish va ochiq muloqot muhiti yaratildi.