Islomova Gavhar 23 Yanvar 2026
👁 Ko'rildi: 92 marotaba
Jaholatga qarshi ma’rifat | shiori ostida huquqiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi

Tadbirda rektor maslahatchisi S. Xudayarov, Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari — mayor D. Haqberdiyev, k-n M. Halimov, leytenant O. Nabiyev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i A. Kenjayev va universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i v.b. X. To‘ychiyev ishtirok etdilar.

Tadbir davomida radikal diniy g‘oyalar ta’sirining oldini olish, yoshlarni ekstremistik oqimlardan himoyalash, shuningdek, kiberjinoyatlar va ulardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan internet xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va soxta axborotlarga aldanmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.