Islomova Gavhar 10 Sentabr 2025
👁 Ko'rildi: 40 marotaba
KIU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi hamkorligida talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida talabalar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalari, tozalik va tartib-intizomga oid masalalar yana bir bor tushuntirildi. Faol ishtirok etgan talabalarga Yoshlar ittifoqining esdalik sovg’alari topshirildi.