28-iyul kuni Qarshi xalqaro universiteti o‘z bitiruvchilarini navbatdagi yuksak marraga kuzatdi. 300 nafardan ortiq bitiruvchilar tantanali ravishda diplomlarini qo‘lga oldilar. Bu nafaqat rasmiy tadbir, balki orzular amalga oshgan, mehnatlar oqlangan va yangi bosqich boshlangan unutilmas kun bo‘ldi.
Tadbirni universitet boshqaruv kengashi raisi Axtam Yakubov, moliyaviy direktor Uchqun Raxmonov va rektor Ulug‘bek Panjiyev ochib berib, bitiruvchilarga qalbdan chiqqan samimiy tilaklar yo‘lladilar. Bitiruvchilarning ota-onalari ko‘zlarida faxr, minnatdorlik va quvonch porlab turdi.
Bayram yakunida esa sahnani “VIAMINOR” guruhi zabt etdi! Kayfiyat charxpalakday ko‘tarildi — musiqa, raqs va xotiralar uyg‘unlashib, marosim chinakam tantanaga aylandi.
📷 Unutilmas daqiqalardan lavhalar – fotogallereyada!
👉 Bu kun – orzularni ro‘yobga aylantirgan kun bo‘ldi!






Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.