Asror Sunnatov 16 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 46 marotaba
Biz rivojlanish yo‘lida davom etamiz!

Qarshi xalqaro universitetida talabalar uchun “Men baxtliman, chunki…” mavzusida interfaol seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar hayotdan mamnunlik, minnatdorchilik hissi va ijobiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan turli psixologik mashqlarda faol qatnashdilar.

Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z hayotidagi muhim qadriyatlarni anglab, baxtning asl manbalari haqida fikr almashdilar. Ushbu seminar talabalar orasida ijobiy tafakkurni mustahkamlash, o‘zini anglash hamda hayotga yanada optimistik nigoh bilan qarashni shakllantirishga xizmat qildi.