Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi FI-49-24-guruh talabalari guruh rahbari J. Karamov boshchiligida “Vatan bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.
Talabalar Imom Al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi va Hazrati Xizr masjidini ziyorat qilib, yurtimizning boy tarixi va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
🔖 Mazkur sayohat yoshlarning Vatanga muhabbatini mustahkamlash, tarixiy merosga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.



Savolingizni yozing — operator Telegram orqali va shu yerning o'zida javob beradi.