Asror Sunnatov 16 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 205 marotaba
Bugun “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi!

Unda rektor maslahatchisi S. Xudayarov, viloyat IIB mas’ul xodimlari B. Avazov, D. Quvvatova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat hududiy boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i A. Kenjayev, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i H. To‘ychiyev hamda rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Hidayatova ishtirok etdi.

Tadbirda radikal diniy g‘oyalar ta’sirining oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish hamda kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on chaqiriqlarga aldanmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha muhim tavsiyalarni taqdim etdi.