Islomova Gavhar 20 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 259 marotaba
Talaba qizlar bilan davra suhbati va seminar–trening o‘tkazildi

📱 Qarshi xalqaro universitetida talaba qizlar uchun “Talabalik muhitida o‘z o‘rnini topish va samarali muloqot” mavzusida davra suhbati hamda seminar–trening tashkil etildi. Tadbir universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Xidoyatova va universitet psixologi N. Shukurova tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot davomida talaba qizlarga talabalik muhitiga moslashish, o‘zini erkin ifoda etish, samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda shaxsiy faollikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir ishtirokchilar tomonidan faol va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.