Asror Sunnatov 1 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 156 marotaba
🔹“TARG‘IBOT POYEZDI” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 1-dekabr kuni Qarshi xalqaro universitetida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovidir” shiori ostida yo‘lga chiqqan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universitetidan ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va amaldagi huquqiy mexanizmlar, fuqarolarning davlat oldidagi huquq va majburiyatlari, ularni to‘g‘ri anglash va bajarishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✨“Targ‘ibot poyezdi” tashrifi talabalarda yuqori kayfiyat, yangicha bilim va huquqiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qildi.