Islomova Gavhar 27 Noyabr 2025
👁 Ko'rildi: 197 marotaba
Qarshi xalqaro universitetining “Ekovolontyor talabalar harakati” tashabbusi bilan ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan qator amaliy va samarali ishlar izchil olib borilmoqda.

Jumladan, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida universitet hududida tozalash ishlari, ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni parvarishlash bo‘yicha hasharlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida katta maydonlarda tartib, tozalik va ozodalik ishlari olib borildi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida turli manzarali daraxt va butalar ekilib, ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha doimiy choralar belgilandi. Shuningdek, ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan suhbatlar, treninglar va targ‘ibot ishlari tashkil etib borilmoqda.

Yashil makon-KIU
Yashil makon-KIU